"Real" klubi ortiqcha xarajatlardan qutulish va yangi o'yinchilarni sotib olish uchun bir nechta futbolchilarni sotishga tayyor.
Asosiy jamoaning 25 nafar a'zolaridan faqat Areolaning ijara shartnomasi yakunlanadi va u "PSJ"ga qaytib ketadi.
Hozirda ijarada o'ynayotgan Odriosola, Valexo, Regilon, Sebalos, Mayoral, Oskar Rodriges va Kubo "Madrid"ga qaytishsa, futbolchilar sonida yana oshib ketadi. Shu bois, madridliklar kamida 10 nafar o'yinchidan qutulishlari kerak bo'ladi.
"Real" Xoland va Kamavingani sotib olishi uchun 100 mln evro miqdorida pul kerak. So'nggi yillarda jamoa o'yinchi sotishda muammolarga duch kelmoqda. Jumladan, o'tgan yili klub birorta o'yinchisini sota olmagan edi. "Real" ba'zi o'yinchilarni ijaraga berish bilan cheklandi.