“Valensiya” yarim himoyachisi Ferran Torres yozgi transfer vaqtida jamoasini o'zgartirishga yaqin, deya yozmoqda Mundo Deportivo.
Manbaning xabariga ko'ra, futbolchi “ko'rshapalaklar” bilan keyingi mavsum so'nggida yakunlanadigan shartnomasini uzaytirmoqchi emas.
Eslatib o'tamiz, futbolchi xizmatiga, “Borussiya Dortmund”, “Atletiko”, “Yuventus”, “Real” va “Liverpul” klublari qiziqish bildirmoqda.