"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich karantin qoidasini bexosdan buzgani uchun politsiya tomonidan jarimaga tortilishiga bir baxya qoldi.
Xorvatiyalik futbolchi o'z uyida 9 yoshli o'g'li bilan futbol o'ynayotgan edi. To'p esa devordan oshib, ko'chaga chiqib ketdi. To'pni olib kelish uchun tashqariga chiqqan futbolchi politsiya bilan yuzma-yuz kelib qoldi.
Huquqni saqlash xodimlari uni tanishdi va ogohlantirish bilan cheklanishdi. Aks holda Xorvatiya terma jamoasi sardori jarimaga tortilishi mumkin edi. Hammasi yaxshilik bilan tugadi va u tezda uyiga qaytdi.
Bo'lib o'tgan voqeani Modrich jamoadoshlariga aytib bergan shekilli, Marselo buni sotib qo'ydi. Braziliyalik futbolchi Instagramdagi jonli efir paytida bu haqda aytib yubordi.