"Marca" xabariga ko'ra, 22 yoshli forvard Serbiyada o'rnatilgan karantin qoidalarini buzgani sababli Belgradda bosh prokuror bilan uchrashadi. U o'zini o'zi izolyaciya qilish qoidalariga bo'ysunmasdan, sevgan qizi bilan shahar bo'ylab sayr qilib yurgani sababini tushuntirib berishi kerak.
Yovichni 1275 evro jarimadan 3 yillik qamoq jazosigacha bo'lgan qarorlardan biri kutib turibdi.