Huquqiy jihatdan Madridning "Real" klubiga tegishli bo'lgan, faoliyatini esa ijara asosida Dortmundning "Borussiya" klubida o'tkazayotgan Ashraf Xakimining agenti Alexandro Kamano OAV orqali uning mijoziga "Bavariya" klubi qiziqayotganligi haqida tarqatilgan xabarga munosabatini bildirdi.
- Men bu xabarni OAV orqali ko'rdim, lekin men bilan "Bavariya"ning birorta vakili aloqaga chiqqani yo'q", - dedi Sky Sportsga bergan intervyusida.