Madridning “Real” klubi “Napoli” futbolchisi Fabian Ruis transferidan voz kechmayapti.
Neapolliklar rahbariyati inqirozga qaramay futbolchini 100 million evrodan kamiga qo'yib yubormasligini madridliklarga ma'lum qildi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Ruis “adzurrilar”ning yangi shartnoma borasidagi taklifini rad etgandi. Futbolchi xizmatiga shuningdek, “Liverpul”, “Manchester Siti”, “Barselona” klublari ham qiziqish bildirmoqda.