Madridning "Real" klubi va Kolumbiya terma jamoasi yarim himoyachisi Xames Rodriges yozgi transfer bozorida Angliyaning "Manchester Yunayted" klubiga ko'chib o'tishi mumkin.
Sport.es saytining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Xames uchun "Qirollik klubi"da qolish uchun aytarli imkoniyat qolmadi, shuning uchun, u o'zining agentidan yangi jamoa topishini so'ragan.
Avvalroq, kolumbiyalik futbolchiga "Manchester Siti" klubi qiziqish bildirilayotgani haqida xabarlar tarqatilgan edi.
Qayd etish kerakki, Xames joriy mavsumda 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol kiritdi.