Londonning "Arsenal" klubi hujumchisi Per-Emerik Obamyaeng yozgi transfer bozorida jamoani tark etishni o'ylamoqda deya xabar beryapti Express.
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta gabonlik futbolchini faoliyatini "kanonirlar" safida davom ettirishga ko'ndirmoqchi bo'lgan, biroq, Obameyang 2021 yilning yozida yakuniga etadigan shartnomasining so'nggi kunigacha "Arsenal"da qolish niyatida emas.
Avvalroq, agar "Arsenal" EChLga yo'llanma beruvchi o'rinlardan birini ko'lga kirita olmasa, u holda Madridning "Real" klubiga yo'l olishi haqida xabarlar tarqatilgandi.
Obameyang joriy mavsumda 32 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 20 marta ishg'ol qilishga muvaffaq bo'ldi.