Agar La Liganing joriy mavsumi muddatidan oldin tugasa, Ispaniya futbol qirolligi UEFAga keyingi mavsumda evrokuboklarda qaysi jamoalar o'ynashini ma'lum qilishi kerak. Bu haqda "Marca" yozmoqda.
Manbaga ko'ra, EChLda ayni damdagi etakchilar — "Barselona", "Real", "Sevilya" va "Real Sosedad" o'ynaydi. Evropa ligasiga esa "Atletiko", "Xetafe" va "Atletik" yoki "Valensiya" yo'l oladi.