Serbiya politsiyasi «Real» hujumchisi Luka Yovichga nisbatan karantin qoidasini buzgani uchun ayblov e'lon qildi.
Serbiyaning "Informer" nashri tarqatgan xabarga ko'ra, Yovich janoyat kodeksining 248-moddasini buzganlikda ayblanmoqda. Ushbu moddada 3 oydan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Eslatib o'tamiz, Yovich Ispaniyadan Serbiyaga uchib kelganidan keyin 14 kun davomida karantin muddatini o'tash kerak edi. Ammo u Vataniga qaytganidan keyin bir necha kun o'tib Belgrad shahri markazida aylanib yurgan.
Yovich "Real" shifokorlari tomonidan berilgan koronavirusga chalinmagani haqida ma'lumotnoma bo'lgan. Ammo Yovich 14 kun davomida o'zini yakkalash hayot tarzini o'tashi haqida hujjatga imzo chekkan.