Angliyalik forvard ana ketadi, mana ketadi deyiladiyu, hamon u "shporlar" tarkibida. Biroq vaqt o'tmoqda va Keyn 27 yoshni ham qarshilab ulgurdi. SHunday ajoyib hujumchi hamon sovrinlarsiz qolmoqda. Aynan shu sabab u boshqa klubga ketishni istamoqda.
"Men "Tottenxem"ni juda yaxshi ko'raman va klub bilan birga o'sishni, g'alabalarga erishishni istayman. Lekin men oldimga eng ulug' maqsadlarni qo'yaman va tarixda eng yaxshi hujumchilardan biri bo'lib qolish bilan birga, sovrinlar yutishni ham istayman. Jamoam to'g'ri yo'nalishda harakatlanayotganiga ishona olsam, bu erda oxirigacha qolishga tayyorman. Agar bunday bo'lmasa — hammasi bo'lishi mumkin".
Mavsum yakunida "Tottenxem" ECHLga chiqa olmasa, bu esa hozirgi holatda haqiqatga juda yaqin, Keyn klubini alishtirish borasida yanada jiddiyroq o'ylanib qolishi mumkin.
Agar Xarri London klubini tark etishga qaror qilsa, faoliyatini qaerda davom ettirishi mumkin degan savolga javob qidirib ko'ramiz.
"Manchester Siti". Gabriel Jezus stabil o'yin namoyish eta olmayapti. Bildirilgan ishonchni braziliyalik oqlay olmayapti. Bazi o'yinlarda top darajada o'yin ko'rsatsada, u baribir jamoaning ikkinchi hujumchisiligini bildirib qo'ymoqda. "SHaharliklar"ga hujumchi kerak, Serxio Aguero ham vaqt o'tishi bilan yoshroq bo'lib qolmaydi, shu bilan birga hamon u ham ketib qolish ehtimoli mavjud. Tomonlar o'rtasidagi kelishuv 2021 yil 30 iyunga qadar davom etadi va muddat uzaytirilishi haqida borasida hech qanday gap bo'lgani yo'q.Keyn Pep Gvardiola jamoasiga ortiqcha muammosiz kirishib keta olsa kerak. Angliyalik hujumda Aguero bilan birga ham, yakka o'zi ham samarali o'ynay oladi. Koronavirus tufayli yuzaga kelgan vaziyat va ehtimoliy moliyaviy muammolar ham "Manchester Siti"ni to'xtata olmaydi.
"Manchester Yunayted". Mish-mishlarga ishonadigan bo'lsak, Keynning keyingi manzili aynan "qizil iblislar" makoni bo'lishi kerak. Yagona savol hozirgi MYU Xarri istayotgan narsalarni – sovrinlarni bera oladimi? SHu jihatni inobatga olmay tursak, Ole-Gunnar Solskyaer uchun bu ajoyib transfer bo'lardi va Xarri hujumda Markus Rashford bilan birga APLning eng kuchli juftliklaridan birini hosil qilardi.
"Barselona". Kataloniya klubi hamon Neymarni qaytarish haqida o'ylamoqda, lekin qancha vaqt o'tdi hamki bu amalga oshmadi. Luis Suares 33 yoshda va u nisbatan ko'proq jarohatlanadigan bo'lib qoldi. Keyn jamoada urugvaylikni almashtira olardi lekin bu oson bo'lmaydi – sababi u oldingi planda bo'lishga o'rgangan, Ispaniyada esa Lionel Messining soyasida bo'lishga majbur bo'ladi.
"Real Madrid". Mana nechinchi yildirki, klub muxlislari Karim Benzemaning davri o'tdi deb o'ylashmoqda, ammo francuz hamon asosiy tarkib futbolchisi bo'lib qolmoqda. "Galaktikos" oylik maoshlariga sarflanayotgan summani kamaytirish maqsadida bo'lajak transfer oynasida tarkibda "tozalash" ishlarini o'tkazishlari kutilmoqda. Lekin shu bilan birga "Real" o'rganganimizdek katta transferlarga ham qo'l urish niyatida. Agar Keyn jamoasidan ketadigan bo'lsa, "Real Madrid" varianti har ikki tomon uchun ham reallikka yaqindek.
"Yuventus". "Byankonerrilar" – hozir dunyoning eng kuchli o'yinchilarini "jo'natilayotgan" Italiyaning yagona klubi. O'ylab qaralsa, "Yuventus"da faqatgina bitta "toza" forvard – Gonsalo Iguain bor. U faoliyatining oxirgi davrini boshidan o'tkazmoqda. Avvalroq ham turinliklar Keynga qiziqish bildirgan, lekin tomonlar konkret gaplarga o'tishmagandi.
"Inter". Antonio Konte jamoasi varianti faqatgina Lautaro Martines "neradzurri"ni tark etsa amalga oshishi mumkin. Argenitnalik xizmatlariga "Barselona" qiziqib qolgan. Futbolchi shartnomasidagi tovon puli 111 million evro. Konte "CHelsi" bosh murabbiyi bo'lgan vaqti hujumchi haqida shunday degandi:"Men uchun Keyn – dunyoning eng yaxshi hujumchilaridan biri. Agar bitta hujumchi tanlashim kerak bo'lsa, unda Keynni tanlardim"."Xarri – etuk futbolchi. Jismonan baquvvat, to'p bilan ham, usiz ham juda yaxshi harakat qila oladi, to'p uchun kurashda, havodagi duellarda ham faol, har ikki oyog'ida kuchli zarba bera oladi"."Agar kimdir Keynni sotib olishni istasa, bu kamida 100 million funtga tushardi. Kamida. Forvard uchun bunday narx belgilanishi, u chindan kuchli futbolchi ekanligini bildiradi".
Nima bo'lgan taqdirda ham juda ko'p narsa koronavirus pandemiyasiga bog'liq. Agar mavsum yakuniga etkazilmasa, Xarri Keyn katta ehtimol bilan o'z o'rnida qoladi va hech kim uni sotib ololmaydi. Biroq 26 yoshli futbolchi sovrinlar yutish uchun va bunda jamoasiga yordam berishga barcha tomondan tayyor.
Nozima Zaripova tarjimasi