Angliyaning «Lester» klubi futbolchisi Jeyms Meddison faoliyatini Ispaniyada davom ettirishini mumkin.
Don Balon portalining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Madridning «Real» 23 yoshli Jeyms Meddisonga qiziqish bildirmoqda.
"Lester" o'z yarim himoyachisini 80 million evroga sotishga qarshi emas. Shuningdek, uning xizmatiga «Manchester Yunayted» klubi ham qiziqmoqda.