"Bu o'yin menga juda ko'p narsani o'rgatdi. Serxio Ramosning boshimga berilgan zarbasidan keyin miyam chayqaldi, bu mening ko'rish qobilyatimni cheklab qo'ydi. Bu izlanishlar natijasida isbotlangan holat. Men bundan hech qachon bahona sifatida foydalanishni istamaganman, lekin boshini jiddiy jarohatlagan insonning masxara qilinishini tushunmayman", — dedi Karius Germaniyaning "Bild" nashriga.
Eslatib o'tamiz, 2017/2018 yilgi mavsum ECHL finalida "Livevrpul" darvozasini qo'riqlagan Loris Karius ikkita qo'pol xatoga yo'l qo'ygan, yakunda "Real" g'alaba qozongandi (1:3). O'sha bahsda Ramos Kariusga tirsagi bilan zarba bergan. Keyinroq darvozabonning miyasi chayqalgani malum bo'lgandi.
Etiborli jihati shundaki, aynan o'sha bahsda Mersisayd klubi etakchisi Muhammad Saloh ham Ramos ishtirokidagi epizoddan keyin jiddiy jarohat olib, maydonni tark etgandi.