“16 yoshli Rodrigo “Santos” bilan ilk professional shartnomasini imzolayotgan vaqtida, “Liverpul” direktori menga qo'ng'iroq qilib, Klopp bu o'yinchini oldindan bilishini aytdi. Uni o'rgandi va o'yinlarini ko'rish uchun shaxsan o'zi uchib keldi.
U Braziliyadagi istedodlarni tomosha qilish uchun YouTube'ga kirgan. U erda esa Klopp Rodrigoni ko'rgan, u o'sha payt juda yosh edi. SHundan so'ng, Yurgen Braziliyaga keldi va hujumchi unga juda ham maqul kelgandi”, deya agentning so'zlarini keltiradi Goal.