Dortmundning «Borussiya» klubi qanot himoyachisi Ashraf Xakimini o'z safida saqlab qolishga harakat qilmoqda deya xabar tarqatmoqda AS nashri.
Huquqiy jihatdan "Real" klubiga tegishli bo'lgan Xakimi shu mavsum yakuniga etgach, madridga qaytishi kerak. Biroq, «Borussiya» klubi rahbariyati Xakimining ijara muddatini uzaytirishga, hatto uni keyinchalik sotib olishga harakatni boshlab yuborishdi.
Evropada ichki chempionatlar qayta tiklanganidan keyin «Borussiya» «Real» bilan muzokara olib borishni rejalashtirmoqda. O'z navbatida "Real" «Borussiya»ning ikki nafar futbolchisi - Erling Xoland va Jeydon Sancholarga qiziqish bildirmoqda, shuning uchun, «qaymoqranglilar» Xakimi borasida dortmundliklar bilan murosa ko'chasini tanlashlari mumkin.