El Mundo Deportivo nashrining tarqatgan xabariga qaraganda, Kataloniyaning "Barselona" va Londonning "Chelsi" klublari o'zaro futbolchi almashtirishlari mumkin.
Gap shundaki, "Chelsi" klubi tayanch yarim himoyachisi Ngolo Kante "Barselona" safiga, huquqiy jihatdan "Barselona"ga tegishli bo'lgan Filippe Koutino esa "Chelsi" safiga yo'l oladi.
Koutinoning "Barselona"da kelajagi ko'rinmayapti, o'z navbatida Kante ham "Chelsi"dan ketishni o'ylab yuribdi.
"Real" Kanteni qo'lga kiritish payida yuribdi, "Chelsi" esa uning transferida 70 million evro ishlab olmoqchi.