El Mundo Deportivo portalining yozishicha, Niderlandiyaning "Ayaks" klubi Donni van de Beeka borasida Madridning "Real" klubi bilan muzokaralarni boshlanish niyatida turibdi.
Gap shundaki, "Ayaks" klubining byudjeti koronavirus pandemiyasi sababli va moliyaviy inqiroz tufayli kamaydi, shuning uchun, klub rahbariyati keyingi mavsum uchun moliyaviy kafolatlar topishga harakat qilmoqda va "Ayaks" o'z an'anasiga sodiq qolgan holda, o'z futbolchilarini sotishni rejalashtirmoqda.
Garchi, "Real" ushbu xarid uchun oldindan kelishgan bo'lsada, mablag'ni tejash maqsadida bu transferdan voz kechishi ham mumkin.