Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi sobiq yarim himoyachisi Rayan Giggz 2003 yili u jamoani tark etishga yaqin kelganligini xotirladi.
"Har bir futbolchiga yangi chaqiruv kerak deb hisoblamayman. Menda har mavsumda chempionlik va EChL g'olibligi uchun kurashish imkoniyat etarli edi. Shuning uchun menga doim yangi chaqiruvlar bo'lgan.
2003 yilning yozida Bekxem "Real"ga ketdi, meni esa "Inter"ga o'tayotganligim haqida mish-mishlar yangray boshladi. Biroq, men bu haqda hech narsa eshitmagandim. Oldingi mavsumda men unchalik yaxshi o'yin namoyish eta olmagandim, ammo keyinchalik hammasi joyiga tushdi. Aynan mavsum oxirida oramizdan kimdir jamoani tark etadi degan xabarlar paydo bo'ldi. Ehtimol, o'sha paytda ketishga men yaqin kelgandirman. Lekin men hech qachon "MYu"ni tark etishni xohlamaganman, - Giggzning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sports.
Giggz "Manchester Yunayted" tarkibida 1990 yildan 2014 yilgacha to'p surdi. U "mankunianlar" safida 13 marta Angliya chempioni va ikki marta EChL g'olibligini qo'lga kiritgan.