"Real" rahbariyati jamoa sardor Serxio Ramos bilan hozircha yangi shartnoma imzolamay turishga qaror qildi.
"Qaymoqranglilar" himoyachi bilan yangi shartnoma borasidagi muzokarada tanaffus oldi. Ushbu masalasi kelasi mavsumga qoldirildi. Ramosning "Qirollik klubi" bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Madridliklar 34 yoshli futbolchi bilan shartnomani yana bir yilga uzaytirmoqchi, Ramos esa ikki yillik shartnoma talab qilmoqda. «Madrid»dagi qoida bo'yicha jamoa 32 yoshdan katta o'yinchiga faqat bir yilga mo'ljallangan shartnoma taklif qilinadi. «Qirollik klubi» sardor uchun bu qoidadan chetga chiqmoqchi emas.