Madriddagi Marca nashri «Real» futbolchisi Beyl bilan suhbatlashdi.
Birinchi navbatda u jamoadoshi Krishtianu Ronalduning ketishi haqidagi xabarlarga munosabatini bildirgan:
«Men bu haqda hech narsa bilmayman. U «Real»dan ketadimi yoki yo'q. Futbolda hammasi tez yuz beradi, Romelu Lukaku «Manchester Yunayted»ga o'tgani haqida endigina bilib turibman. «Real»ga o'zgarishlar kerak, deb hisoblamayman. Biz sovrinlar yutmoqdamiz, shunday ekan, o'zgarishlar nega kerak? Krishtianu kelajagi haqidagi savolni uning o'zidan so'raganingiz ma'qul».
Jarohati haqida
«Hammasi joyida! O'tgan mavsumda men o'z imkoniyatlarim darajasida o'ynay olmadim, jarohatimdan tuzala olmadim, og'riq mashg'ulotlar o'tkazish va formamni tiklashimga xalaqit qilardi. Men qattiq mehnat qildim va hozir holatim yaxshilandi. Afsus, men o'tgan mavsumda jamoamga ko'p yordam bera olmadim. Balki, men avval to'la sog'ayib, keyin o'yinga qaytishim kerak bo'lgandir. Nima bo'lganda ham, hozir barchasi ortda qoldi, to'pig'im bilan hammasi joyida va men yangi mavsumga tayyorman».
Chempionlar ligasi finalini zaxira o'rindig'ida boshlagani haqida
«Men Chempionlar ligasi finalida maydonga tushishni juda istagandim. Hech bo'lmasa, zaxira o'rindig'ida o'tirishni. 6 hafta davomida har kuni 12 soatdan shu maqsad yo'lida harakat qildim. Men Chempionlar ligasi kubogini o'z oilam va do'stlarim qarshisida boshim uzra baland ko'tarishni juda istagandim».
Zidan haqida
«Hamma o'ynashni istaydi. Ammo Zidan tarkibni rotatsiya qilish orqali, kuch tejashga harakat qiladi. Biz o'tgan mavsumda ichki chempionatda va Chempionlar ligasida aynan rotatsiya evaziga g'olib chiqdik.
Biz bir necha kundan buyon shu erdamiz. Bizda barchasini muhokama qilib olish uchun etarli vaqt bor. Asosiysi, yaxshi tayyorgarlik. Ko'ramiz, qolgani qanday kecharkan».
«Real»dan ketishi haqida qanday o'ylaydi?
Davomi