Bundan 72 yil ilgari Madridning «Real» klubi Ispaniya yuqori divizionidan tushib ketishiga bir baxya qolgan.
"Qaymoqranglilar" 1947/48 yilgi mavsumni shu qadar yomon o'tkazishdiki, eng so'nggi turga kelib, jamoa Segundaga tushib ketish xavfi ostida qoldi. "Qirollik klubi" oxirgi turda faqat va faqat g'alaba qozonishi talab etilar edi. Angliya murabbiy Maykl Kiping boshchiligidagi klub yangi "Bernabeu"da "Ovedo"ni mag'lub etishga muvaffaq bo'ldi. Bu o'yinda afsonaviy Pruden "dubl"ga erishgan edi. Shu tariqa, "Real" sharmanda bo'lishdan qutulib qolgan edi.
Yakunda "Real" jadvalning quyidan 4-pog'onani band etgan – 21 ochko (6 g'alaba, 7 durang va 12ta mag'lubiyat, to'plar farqi – 39:56). Primerani esa "Real Xixon" (18 ochko) va "Real Sosedad" (19 ochko) jamoalari tark etishgan.
Ispaniyada faqat 3ta jamoa — "Real Madrid", "Atletiko Bilbao" va "Barselona" klublari Primerani tark etmagan.