«Real» klubi hujumchi Luka Yovichdan butunlay voz kechmoqchi emas.
"AS" tarqatgan xabarga ko'ra, "Qirollik klubi" 22 yoshli futbolchi jamoaga moslashish uchun vaqt kerak talab etilishini tushunib turibdi. Shu bois, jamoa serbiyalik futbolchiga ikkinchi imkoniyatni bermoqchi.
Boz ustiga, "Madrid" ko'zlayotgan Erling Xoland, Xarri Keyn va Kilian Mbappe kabi hujumchilarning transferi amalga oshishi hozircha so'roq ostida turibdi.
Yovichning "Real" bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan. Ushbu mavsumda u 15ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urdi.
Madridliklar o'tgan yili uchun 60 million evroga sotib olishgan edi. Transfermarkt uning hozirgi narxini 32 million evroga baholagan.