«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Jazoirdagi shifoxonaga koronavirusga qarshi kurashda yordam berdi.
Marca'ning xabar berishicha, Zidan va uning otasi boshchiligidagi jamg'arma Bejaya shahridagi kasalxonaga tibbiy buyumlarni hadya qilgan.
Zidanning ota-onasi aynan Bejaya shahridan. Jazoirda urush boshlangach, Frantsiyaga ko'chib kelishgan. Zidan esa Marselda tug'ilgan.
Ma'lumot uchun, Jazoirda hozirgacha COVID-19dan 313 kishi vafot etdi.