Argentinaning “Veles Sarsfild” klubi yarim himoyachisi Tyago Almada faoliyatini grand klubda davom ettirishi mumkin.
Football Italia nashrining xabariga ko'ra, futbolchi xizmatiga “Inter” va Madridning “Real” klublari qiziqish bildirmoqda.
Transfermarkt portalida 18 yoshli futbolchining transfer narxi 18 million evroga baholanmoqda. Futbolchining “Veles” bilan shartnomasi 2023 yilgacha mo'ljallangan. Argentinada Tyagoni “yangi Messi” deb atashmoqda.