Stadion.uz “Barselona” jamoasining sobiq sardori Karles Puyolning oltinga teng iqtiboslari bilan tanishtirib o'tadi.
O'zining birinchi qadami haqida
Ota-onam futbolga bo'lgan qiziqishimga jiddiy e'tibor berishmagan. Ular meni katta unvesitetlardan birida o'qib, doktor yoki yurist bo'lishimi istashgan.
Yoshlikdagi orzu
Tan olishim lozim, yoshligimda hech qachon professional futbolchi bo'lishni orzu qilmaganman. Shunchaki to'p tepayotganimda o'zimni baxtiyor his etar edim. Mening yoshligimdagi shirin xotiralarimning barchasi to'p bilan bog'liq.
Yoshlik
Yochlik chog'imida futbolni doimo akam va uning do'stlari bilan o'ynaganman. Ular menda ancha katta bo'lishiga qaramay, hech qachon darvozada turishni istamaganman. Shunga qaramay, ular darvozaga turmasam hech qachon o'zlari bilan to'p tepishga ruhsas bermasliklarini aytishgach, indamay darvozaga yo'l olar edim.
O'z salohiyati haqida
Menda Romarioning tehnikasi yo'q. Overmasning tezligi va Patrik Klyuvertning jismoniy qudrati ham yo'q. Shunga qaramay, men doimo mehtan qilishdan to'xtamayman. Bu mening superiqtidorim sanaladi. O'zimni kechasi bilan uxlamay imtihonga tayyorlangan xolda besh baho oladigan o'quvchiga o'xshataman. Bunday o'quvchilar iqtidorli bo'lishmaydi, lekin og'ir mehnatdan qochmagani bois doimo barcha fanlardan 5 baho olishadi.
«Barselona» bu
“Barselona” futbol jamoasi bu Kataloniya milliy terma jamoasi degani!
Omadli jamoa
Agar futbolchilar o'z istaklarini klubnikidan pastroq qo'yishsa, g'alaba va natijalar albatta keladi.
Amalga oshmagan transfer
“Real” Kamachoni bosh murabbiy etib tayinlaganida, u men va Ronaldinoni o'z jamoasida ko'rishni istagan edi. Ular ikki bor bizni qo'lga kiritish uchun rasmiy taklif bilan chiqqan, biroq biz o'sha davrda dunyoning eng kuchli klubi – “Barselona” sharafini himoya qilayotgan edik. Men doimo sovrinlarni “Barselona” bilan qo'lga kiritishni istaganman.
O'tish davri haqida
Men qaytaqurish tarafdori emasman. Shunga qaramay, muxlislar doimo omadsiz mavsumdan so'ng, yangi uslubda harakat qilishimizni istashadi. O'ylashimcha bu notog'ri qaror. Sababi, sovrinlar omadsiz mavsumlarda ortirilgan tajriba mahsuli sanaladi.
Lionel Messi haqida
Leo Messi - aql bovar qilmas darajda kuchli futbolchi. Uni barcha yomon ko'radi. Men uni yomon ko'ruvchi futbolchilar ichida birinchi o'rinda turaman. Uning maydonda to'p bilan qanday engil harakat qilayotganini ko'rsam, 100 yil mashq qilsam ham uning darajasiga chiqa olmasligini anglayman. Ha aytgancha, u meni ham doimo mashg'ulotlarda qiynashda davom etmoqda. U oyoqlari erda mahkam turadigan yigit. Shuning uchun ham uzoq muddat yuqori saviyada to'p surishiga ishoman. U sayyoramizdagi eng kuchli hujumchi.
Daho Messi
O'ylashimcha uning miyasida qandaydir o'zgacha sezgi organi bor. O'sha sezgi organi unga bir soniya ichida vaziyatdan chiqib ketish uchun qaror chiqarishidan yordam beradi. Bu xuddi barcha bir soniyaga muzlab qolganida, Messi harakatlana olishga qodirdek his uyg'otadi. Raqiblar qotib qolgan paytda, Messi obdon o'ylab olib qaror qabul qilishg ham ulgura oladi. Bu uning superimkoniyatlaridan biri.
Ronaldu va Messi qarama-qarshiligi
Ronaldu - dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan bir, biroq Messi undan baribir undan ustunroq. Ular o'rtasidagi sog'lom raqobat sababli futbolchilar o'sishga muvaffaq bo'lishgan. O'ylashimcha ikkalasi ham bir-biriga o'zlari sezmagan holda yanda rivojlanish uchun turtki bo'lgan. Ularda erkin nafas olish uchun imkoniyat yo'q. Shunday bo'lsada, men Messi bilan bir jamoada to'p surganman va uning imkoniyatlarini yaxshi bilaman. U yildan-yilga yanada kuchli bo'lib bormoqda.
Dunyodagi eng kuchli murabbiy
Men uchun Pep dunyodagi eng kuchli futbol mutaxassisi. Siz jamoa qanday to'p surayotganiga qarab ham uni Gvardiola boshqarayotganini darrov anglab olasiz. Men Pep “Manchester Siti” bilan EChLda zafar quchadi deb aniq ayta olmayman, biroq bugungi kunda ular APL poygasidan chiqib ketishgan. Shunday ekan, bor e'tiborni EChLga qaratishlari aniq.
JCh g'olibligi haqida
Barcha futbolchilar mundialda g'olib chiqishni istaydi, ammo ularning hammasiga ham bu nasib etavermaydi. Men kam sonli futbolchilar qatorida ekanligimdan xursandman. Shunday bo'lsada, bu o'zimni Eyfil minorasining tomida his qilishim uchun kamlik qiladi.
Jamoadoshlari
Ayrim jamoadoshlarimga ham do'st, ham muxlisman. To'g'risi, ularni nima uchun hurmat qilishimni haligacha aniq ayta olmayman.
Eng yoqtirgan musobaqasi
Bu so'zsiz Evropa chempionlar Ligasi! Boshqa hech qanday musobaqada bunday intrirga va chempionlik uchun kurashni uchratmaysiz. Bu musobaqada bir bor zafar quchish barcha orzularingiz ro'yobi bilan barobar. Endi uch bor EChL kubogini bosh uzra ko'tarish qanchalar yoqmili ekanini tasavvur qilib ko'ring!
Futboldagi baxt
Menga “Barselona” va Ispaniya terma jamoalarida to'p surish baxti nasib etdi. Meni doimo quvontirgan narsa shuki, men ikki jamoada ham chiroyli o'yin ko'rsatib bosh sovrinlarga ega chiqqanman. Bunaqasi futbolda har kuni ham sodir bo'lavermaydi.
Futboldan ketish azobiO trudnom rasstavanii s futbolom:
Bu juda og'ri va alamli jarayon. Sen avvalgidek mehnat qilishga harakat qilsan, biroq organizimning senga bo'ysunmayotganini anglay boshlaysan. Men doimo bor kuchim bilan mashq qilishga o'rganib qolganman. Yosh o'tgandan keyin esa, barchasi sening qo'lingda emasligini chuqur tushunib etsana. O'zingi taqdir oldida ojiz sezasan. Oqibatda, vaqt o'zikini olganini tan olishdan boshqa chorang yo'q.
Puyol qanday murabbiy bo'lmoqchi?
Men futbolchilarga tinmay taktikadan ko'rsatma beruvchi “ko'rinmas murabbiy” bo'lishni istamayman. Mening ustunligim ulkan tajribamda. Boy hayotiy va sport tajribam evaziga yosh futbolchilarga nafaqat maydonda, balki uning tashqarisida ham yaxshi ustoz bo'lishim mumkin. Men "Hayot murabbiyi” sifatida shogirdlarimni to'g'ri fikrlashni, hayotdagi qiyinchiliklarni engib o'tishni va hisiyotlarni boshqarishni o'rgatmoqchiman.