Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan koronavirus pandemiyasi davrida insonlarga yordam berish uchun o'z hissasini qo'shdi.
Frantsiyalik mutaxassis o'zi tug'ilgan Jazoir davlatining Bedjay viloyatiga tibbiy jihozlar sotib olish uchun moddiy ko'mak ko'rsatdi deya xabar bermoqda Marca.
Zidan o'zining xayriya jamg'armasi orqali besh dona reanimatsiya vositasi, respiratorlar, monitorlar va boshqa tibbiy uskunalar sovg'a qildi.