Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Kazemiroga o'rinbosar izlamoqda. Bu haqda Marca nashri yozmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, “blankoslar” braziliyalik yarim himoyachi o'rniga 3 nafar futbolchi nomzodini ko'rib chiqmoqda. Klub rahbariyati “Santyago Bernabeu”ga Eduardo Kamavinga (“Renn”), Ngolo Kante (“Chelsi”) yoki Bubakari Sumarelardan (“Lill”) birini olib kelishga harakat qilib ko'radi.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsumda Kazemiro 25ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urgan va 2ta golga assistentlik qilgan.