“Bu kimga ham yoqmaydi deysiz? Qilayotgan ishlarimdan faxrlanaman. Iyunda qaror qabul qilishga to'g'ri keladi. Bu faoliyatimdagi eng katta qadam bo'ladi. Nazariy jihatdan Dortmund bilan shartnomam iyunda yakuniga etadi, shundan so'ng Madridga qaytishim kerak. Hozircha “Real” bilan aloqaga chiqqanim yo'q. Ammo kelajakda men uchun nima yaxshi bo'lishini tushunib olish bo'yicha ham tez orada gaplashib olamiz”, — deydi Hakimi.
Malumot uchun, 21 yoshli futbolchi joriy mavsum “Borussiya” safida Bundesliga doirasida 25 ta o'yinda qatnashib, 3 ta gol urdi va 10 ta golli uzatma berdi.