Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

“Barselona” diktatori ishga jiddiy kirishdi

.
- Yuklab olish

So'nggi bir necha yil davomida Xosep Mariya Bartomeu o'zining g'alati transferlari, “Barsa” akademiyasining so'nishi, klub marketing xizmatidagi kamchiliklar va boshqa ko'plab sabablarga ko'ra tanqid toshlari ostida qolib ketmoqda.

Pandemiya davrida “Barselona” yana bir moliyaviy jihatdan barqaror klub emasligini futbolchilar maoshini 70 foizga kamaytirgan xolda isbotlab qo'ydi. “Real Madrid” o'z futbolchilarining maoshini bir tekis berishda davom etayotgan bir paytda, “Barselona” klub xizmatchilarining ham maoshini o'z futbolchilariga yuklab qo'yganidan xabaringiz bor. Bundan tashqari, jamoa tez orada o'z futbolchilariga maoshlaridan voz kechishlari borasida iltimos bilan chiqishi ham kutilmoqda.

Mana shunday voqealar ichida Kataloniya klubida bir yo'la 6 ta director iste'foga chiqarildi. Biror bir sababsiz, hech qanday faktlarsiz Xosep Mariya Bartomeuni qo'llab-quvvatlamagan direktorlar kengashi a'zolarining 6 tasi ishdan olindi...

Iste'fodan so'ng, klub rasmiy sayti jamoani tark etgan direktorlarga o'z minnatdorchiligini bildirgancha ular bilan xayrlashdi.

“Bartomeu menga qo'ng'iroq qildi va direkorlar kengashi tarkibini qayta ishga tushirmoqchi ekanligini ma'lum qildi. Aytishicha, u meni va ayrim kengash a'zolaridan ko'ngli to'lmayotganini ma'lum qildi. Bundan tashqari, u meni klub boshqaruv tizimini tanqid qilishda aybladi. Men esa shunchaki OAV bilan aloqada bo'lishimni va hech qachon futbolchilarni tanqid qilmaganimni aytdim. Boshqaruvdagi insonlarga keladigan bo'lsak, barcha kompaniyalarda salbiy insonlar bor ekanligini barcha yaxshi biladi.

Men Bartomeuni boshqacharoq toifadagi menejerlar bilan ishlamoqchi ekanligini to'g'ri qabul qildim, biroq bu ishni 3-4 haftadan keyin ham amalga oshirsa bo'lar edi. Menga vaziyatning bunday xunuk ko'rinish olishi yoqmadi. Ular shunchaki qo'ng'iroq qilishdi va ishdan bo'shatilganim haqida xabar berishdi. O'ylashimcha,kimdir klub g'aznasidan pul o'g'irlamoqda. “I3 Ventures”ga ko'rsatilgan xizmat uchun million evro to'lagan. Vaholanki, bunday xizmat uchun 100 ming evrodan ortiq hech kim to'lamaydi. Haqiqatdan ham boshqaruv a'zolaridan biri klub g'aznasida pul o'marmoqda. Uning kim ekanligini aniq ayta olmayman, biroq gumonim bor”, – ishdan bo'shatilgan 6 direktordan biri Emil Ruso.

“Rusoning aytgan barcha so'zlari g'irt yolg'on! Bunday ayblov e'lon qilishdan oldin etalicha dalilga ega bo'lish talab etiladi. Dalil va isbot yo'q. Sababi, rahbariyat toza ishlamoqda. Xatolar bo'lishi mumkin, biroq jinoiy ish haqida gap ketmoqda. Hech kim klub g'aznasidan hech narsa olayotgani yo'q. Biz hech qachon bilib turib klubga ziyon etkazmaganmiz. Hatto pora borasida ham biror marotaba bizga qarshi dalil hech kim ko'rsata olmagan. Ko'rsata olmaydi ham. Sababi, rahbariyat o'z ishiga ma'suliyat bilan yondoshmoqda”, — deb Rusoning so'zlariga javob berdi “Barselona”ning rasmiy vakili Jozep Vivas. Uning aytishicha, Rusova uning tarafdorlari futbolchilarning maoshlari kamaytirilishi borasida tashabbus bilan chiqqan ekan. Shunga qaramay, “Barselona” rahbarini avval ham klub rasmiylarikeskin tanqid qilishganidan xabaringiz bormi?

“Barselona”da bo'lib o'tayotgan ishlar shunchaki sharmandali ahvolga kelib ulgurdi. Shaxsiy qiziqishlar va yakkahokimlikka intilish, noroziliklar, kelishmovchiliklar va boshqa ko'plab muammolar yuzaga qalqib chiqmoqda. Bilishimcha, Bartomeu normal inson, biroq bu siyosat. Men hech qachon siyosat bilan shug'ullanishni istamaganman. Uning rahbarlarga o'tkazayotgan bosimi yaxshilik bilan yakunlanmasligi aniq. Bir yarim yil davomida uning boshqaruvida klub yomon harakat qilmadi, biroq “Barselona” prezidentlari doimo barchasini juda xunuk yakunlashiga o'rganib qolganmiz” — dedi Gabriel Masfurrol.

“Rahbariyat “sochilib ketgan”. Men buni ancha avval payqaganim uchun 2019-yilning iyuloyida ketmoqchi edim. Biz bir jamoa emas edik. Endilikda vaziyat portlash arafasida turibdi va buning ajablanarli eri yo'q. Men direktorlar kengashi tobora uyushgan jinoiy guruhga aylanib borayotganini payqadim. Ish ancha jiddiylashib ketgan.

Agar kimdir sening istaklaringga qarshi chiqayotgan bo'lsa, kim aslida kim ekanligini darrov anglab olish mumkin. Men Bartomeuni yaxshi bilaman. U tanqidni to'g'ri qabul qiladigan insonlar sirasiga kiradi. Uni tanqid qilgani uchun ishdan bo'shatib yuborishiga ishonish mushkul. Shunchaki, Xosep doimo hissiyotlarga berilgancha qaror qabul qiladi. Ruso bildirgan fikrlarga qo'shilmagan bo'lar edim. Agar menga klub prezidenti ketishni buyursa, hech ikkilanmay narsalarimni yig'ishtirib klubni indamay tark etgan bo'lar edim”,- deydi klubning sobiq vitse-prezident Jordi Mestre.

Endilikda klub boshqaruvida qolgan 13 kishidan birortasi iste'foga chiqarilmaydi. “Diario Sport”nashri bergan xabarlara qaraganda, 13 kishining barchasi klub prezidentini to'liq qo'llab-quvvatlovchi tarafdorlar emush. Bartomeuning amalga oshirayotgan harakatlari yakka hokimlikni o'rnatishga o'xshab bormoqda. Yaqindagina “El Confedencial” nashri “Barselona”da bo'layotgan ichki nizolar borasida katta maqola e'lon qildi. Ushbu maqoladagi eng muhim fikrlar bilan tanishtirib o'tamiz: “Bartomeu o'zi uchun noqulay bo'lgan direktorlarni ishdan olib tashlash orqali qolgan bir yarim yil davomida prezidentlik lavozimini ushlab qolmoqchi. Emil Ruso uning uchun chinakam boshog'rig'i edi. Sababi, u doimo shaffoflikni talab qiluvchi media odam. U o'zi istamagan holda klubning hisob-raqami haqida ma'lumotlarni oshkor qilib qo'yishi hech gap emas. “Barselona” prezidenti tarafdorlarini atrofiga yig'ish orqali norozi bo'lganlarni “o'yindan chiqarib yubordi”. Messi, Buskets, Pike singari etakchi futbolchilar rahbariyatning klub ishiga ortiqcha aralashayotganidan ranjigan edi, prezident ularga 6 ta direktorning “boshini” keltirdi. Prezidentning klub futbolchilari tomoniga o'tishi ichki nizolar chog'ida siyosiy qadam vazifasini bajarib berdi.

Bartomeu juda ayyor inson. Uning oqko'ngilligi ostida juda xafvli shaxs yashiringan. U juda aqlli inson bo'lgani uchun klub sardorlarini o'z tomoniga og'dirib olishni uddaladi. U futbolchi va muxlislar oldidagi mavqei ijtimoiy tarmoqlardagi bahs-munozarlardan so'ng keskin tushib ketganini anglab turibdi. Shu sababli klub etakchilari bilan birga harakat qilishni boshladi. U klubdagi menejment bilan muammolarni yashirish maqsadida ham futbolchi va muxlislar tomonida ekanligini oshkor qilib qo'ymoqchi bo'ldi. Qaysidir ma'noda bu ishning uddasidan ham chiqdi.

BestMaster
14 Aprel 2020, 07:30
“barselona”, diktatori, ishga, jiddiy, kirishdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads