«Real» hujumchisi Eden Azar karantin paytida nimalar bilan band bo'layotgani haqida so'zladi.
«Bog'da o'ynayapmiz, bolalar onlayn-darslar orqali o'qimoqda. Shikoyatga o'rin yo'q. Hozirda farzandlarimga futbolda ko'p narsa o'rgata olmayman. Chunki jarohatimdan tiklanyapman.
Men uchun dieta saqlash qiyin. Lekin kamroq eyishga, bulochkalar saqlanadigan joyga kamroq borishga harakat qilyapman. Lekin bu oson ish emas.
Fizioterapevt bilan internet orqali ishlashga harakat qilyapman. Chunki u kasal bo'lib qolgani uchun mening uyimga kela olmaydi. U menga bajarishim kerak bo'lgan mashg'ulotlar videosini yuboryapti. Hozir to'piqni mustahkamlashga qaratilgan mashqlarni bajaryapman. Imkoniyatdan kelib chiqib shug'ullanyapman", — dedi Azar "Marca" nashriga bergan intervyusida.