Dortmundning “Borussiya” klubi “Valensiya” vingeri Ferran Torres bilan shartnoma imzolamoqchi.
Marca nashrining xabariga ko'ra, “arilar” Torres uchun 40 million evro to'lashga tayyor. Futbolchining “ko'rshapalaklar” bilan shartnomasi 2021 yilgacha mo'ljallangan.
Eslatib o'tamiz, futbolchiga shuningdek, “Real”, "Yuventus", “Liverpul” va “Manchester Yunayted” klublari ham qiziqish bildirmoqda.