"Real Madrid" himoyachisi Daniel Karvaxal Los-Anjelosdagi mashg'ulotlar jarayonidan so'ng Real Madrid TV vakillariga intervyu berib o'tdi.
Mashg'ulotlarga qaytganimizdan juda xursandman. Biz barcha sovrinlarni yutishni xohlaymiz! Bu bizning mavsumoldi maqsadlarimiz. Jamoa bu maqsad yo'lida ko'p mehnat qilmoqda. Bu safargi mavsumoldi tayyorgarlik men uchun "Madrid" tarkibidagi 15-mavsumdir va men bundan faxrlanaman. O'ylaymanki mening boshqa jamoadoshlarim ham shunday fikrlaydi. Men "Madrid"dan minnatdorman. O'tgan mavsumda UEFA Superkubogida "Sevilya"ni taslim etgan edik, chunki bizning jismoniy xolatimiz ajoyib edi.O'ylashimcha yangi mavsumda ham jismoniy xolat o'z so'zini aytadi." - deydi Karvaxal kechagi mashg'ulotlardan so'ng.