Madridning “Real” klubi sobiq himoyachisi Roberto Karlos ESPN nashriga bergan intervyusida “qirollik klubi”dan Marseloni sotib yubormaslikni so'raganini eslab o'tdi.
“Men Marselo bilan 18 yoshligida “Real”da ko'rishganman. Jamoa uni boshqa kluubga qo'yib yubormoqchi edi, biroq men bunga to'sqinlik qilganman. Yakunda Marselo Madridda qolib, mening o'rnimni egalladi va "Real" bilan barcha sovrinlarga ega chiqdi”, -deydi Karlos.