Avvalroq, “Inter” hujumchisi Lautaro Martines uchun “Barselona” asosiy da'vogar bo'lib turgandi.
Sky Sports nashrining yozishicha, futbolchi uchun kurashda etakchi o'zgardi. “Manchester Siti” futbolchining shartnomasida belgilangan 97 million funtni to'lashga tayyor.
Eslatib o'tamiz, futbolchiga shuningdek, “Real” va “Chelsi” klublari ham qiziqish bildirmoqda. Lautaroning o'zi ham yozda jamoasini tark etishga qarshi emas.