“O'zimga yaqin manbalardan bilishimcha, Kilian Mbappe deyarli “Real”ga o'tib bo'ldi. Hozirgi vaziyatdan kelib chiqib, Mbappening “Real”ga o'tishi bekor qilinishi mumkindir. Ammo Mbappe PSJ bilan amaldagi shartnomasini uzaytirmasligi aniq.
PSJ futbolchini sotishga qarshi emas, tomonlar bu borada bir qarorga kelishsa kifoya. “Real” futbolchini sotib olish uchun yana bir mavsum kutadigan bo'lsa, bu holat meni hayratga solmaydi”, dedi Roten RMC ga bergan intervyusida.
PSJ hujumchisi Mbappening parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida nihoyasiga etadi.