Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ronaldu qolishi kerakmi? Yoki ketishi?

.
- Yuklab olish

Stadion.uz Ronalduning Turinda qolishi yoki uni tark etishidan qanday foyda bor ekanligi borasida fikr almashadi.

Ronalduda “Yuventus”ni tark etish uchun sabab bor. Shu bilan birgalikda qolish uchun ham asoslar etarli. Vaziyat 50/50 bo'lib turibdi. Ikki xolda ham futbolchi va “Yuventus” uchun foyda va zararlar mavjud.

Ketish kerak! “Yuventus” moliyaviy foyda ko'radi

Futbol uchrashuvlarining to'xtatilishi nafaqat “Yuventus”ga, balki barcha klublarga moliyaviy zarba bo'ldi. Koronavirus sababli futbolchilarning transfermerketdagi narxi ham pasayishni boshladi. To'g'ri, Ronaldu zamonaviy futbol olamining qiroli, u chinakam brendga aylanib bo'lgan futbolchi. Shunday bo'lsada, Krishni “Yuventus” yozda katta summaga sotish orqali o'z byudjetini tiklab olishi va uning maoshini tejash orqali katta foyda ko'rishi mumkin. Agar uni Turinda yana bir yil olib qolishsa, Ronaldu Evropa chempionatidan so'ng 36 yoshda bo'ladi. Uning transfer narxi ham keskin pasayib ketishi turgan gap. Shunday ekan, imkon borida “Yuve” Ronaldudan foyda chiqarishi zarur!

Qolish kerak! Qariya va hatto befoyda bo'lsa ham!

Qaysidir ma'noda Ronalduning transferidan naf chiqarish mumkin, biroq uni qo'lga kiritish uchun “Yuventus” 100 million evro sarf etganini unutmaslik lozim. Ronaldu Chempionlar ligasida zafar quchish maqsadida olib kelindi. Hozircha bu ishni uddasidan chiqqani yo'q. Shunday bo'lsada, unda vaziyatni o'nglash, klubni uzoq kutilgan Evropa taxtiga olib chiqish uchun imkon bor. Zarracha imkon bor ekan, undan voz kechish to'g'ri emas. Ronalduning PSJga o'tishi borasidagi mish-mishlarga ishonadigan bo'lsak, Krish “Yuventus”da qolishdan faqat naf ko'radi. Gap shundaki, uning jismoniy imkoniyatlari “Liga 1”da 40 yoshda ham ko'tarinki mavsum o'tkazish imkonini yaratib beradi. Shunday ekan, ketishga shoshilish kerak emas!

Ketish kerak! Ronalduni kutishmoqda!

Ronalduning PSJda kechroq bo'lsada to'p surishi mumkinligi haqida so'zlab o'tdik. Shunday bo'lsada, uni o'z safida ko'rishni istayotgan “Real Madrid” va “Manchester Yunayted” jamoalarining taklifi yana qachon bo'ladi? Portugaliyalik futbolchi Italiyaga ko'chib o'tgan bo'lsada, uning qalbi baribir Madridda qolganini barcha anglab turibdi. Boz ustiga, FlorentinoPeres uni ortga qaytarish uchun urinib ko'rishga va'da ham berishga ulgurdi. Agar Krish yana o'z darajasiga chiqishni va o'z darajasiga chiqishni istasa Madridga qaytishi talab etiladi. Buning uchun esa hozir ayni payti!

Qolish kerak! Or-nomus ishi!

Agarda Ronalduni “Yuventus” o'z jamoasida saqlab qolmasa, katta talafot ko'rishi aniq. Birinchi navbatda Krish darajasidagi Mbappe, Messi, Neymar, Saloh hech bo'lmasa Maneni qo'lga kiritish “oq-qora”larning qo'lidan kelmasligi aniq. Anelli buni yaxshi anglab turibdi. Homiylik shartnomalari, futbolka savdosi va turli qo'shimcha bonuslar sababli “Yuventus” Ronalduning ketishidan katta zarar ko'rishi aniq. Bundan tashqari, kelajak avlod “Yuventus”dek buyuk klub qandaydir 50-60 million evro sababli Ronalduni jamoada uzoqroq olib qolmagani uchun rahbarlardan yozg'irinishini ham unutmaslik lozim!

Ketish kerak! “Oltin to'p” uchun kurash

Ronalduni qo'lga kiritgan klub katta foyda ko'rishi aniq. Gap moliyaviy daromad haqida ketmayapti. Misol uchun Krish “Real” safida 10-mavsumini o'tkazadigan bo'lsa, bu stadionlarga yana muxlislarning qaytishiga turtki bo'ladi. Bugungi kunda Krishga dunyoning barcha mintaqasida katta qiziqish mavjud. Aynan shu qiziqish sababli uni qo'lga kiritishni istagan klublar son mingta! Qahramonimiz kelasi mavsumni Xoland yoki Mbappe bilan birgalikda “Real Madrid”da o'tkazishi, “Barselona”ni mag'lub etish orqali “oltin to'p”lar bo'yicha hisob-kitobni tenglashtirib olishi mumkin. Qaysidir ma'noda Turinni tark etish Krish uchun ham naf keltirishi turgan gap.

Qolish kerak! Etakchi futbolchi Turinda asqotadi

Ronalduda g'oliblik ruhi va ulkan tajriba mavjud. Aynan shu xislatlar bugungi kunda Turinda u qadar qadrlanmayotgan bo'lishi mumkin, biroq bu ustunliklar “Yuventus” uchun hal qiluvchi uchrashuvlarda yordam berishiga shubhamiz yo'q. Ronaldu tug'ma etakchi va chinakam g'alaba timsoli. O'z vaqtida Buffon ham, Dibala ham,hatto Pirlo ham Ronaldu singari etakchilik qobiliyatiga ega bo'lmagan. Agar Ronaldu jamoani tark etsa,kim klubda etakchilikni bo'yniga oladi? Pyanich deysizmi? Kulguli,to'g'rimi?!

Ketish kerak! Usiz jamoa hujumida engillik

Tan olish lozim, futbolda qarama-qarshi fikrlar to'qnashuvi doimo bo'lgan va bo'lib keladi. Krish hujum chizig'ida “Yuve”ga yordam beryaptimi yoki uni xalaqit? Jamoa unga o'ynamoqda. Bu esa, Krishning xatosi tufayli ko'plab hujumlarning barbod bo'lishiga olib kelmoqda. Ayniqsa, “Lion” bilan uchrashuvda shu omil ko'zga yaqqol tashlanib qoldi. “Yuve” Ronaldudan maksimum foyda chiqarishi uchun kuchli vingerlar talab etiladi. Saloh yoki Xolandsiz Krishning jamoada bo'lishidan naf juda va juda kam.

Qolish kerak! Evro yaqin

Ronaldu Turinda o'zini baxtli his etmayotgan bo'lishi mumkin, biroq uning faoliyatidagi eng katta musobaqalarning so'nggisi tobora yaqinlashib kelmoqda. Krish Turin ob-havosidan, jamoadoshlaridan, sharoitlardan rozi. Uni barchasi hozircha qanoatlantirmoqda. Boz ustiga, “Yuve”ning ichki muhiti ham havas qilsa arzigulik darajada. Muxlislar Ronalduni boshida ko'tarib yurganini ham inobatga olsak, bunday sharoit uning yangi klubida bo'lishi yoki bo'lmasligi katta savol ostida qolmoqda. Evropa chemponati o'tkaziladigan mavsumni begona klubda begona iqlimda boshlash Ronalduning kerakli formaga kirib olishiga to'sqinlik qilishi mumkin. Shunday ekan, tavakkal qilishga shoshilmaslik lozim.

Yahyoxo'ja Ulug'xo'jayev

BestMaster
12 Aprel 2020, 00:30
ronaldu, qolishi, kerakmi?, yoki, ketishi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads