"Milan" klubi bosh direktori Marko Fassone Mediaset telekanaliga intervyu berib o'tdi va unda "Madrid" hujumchisi Alvaro Morata borasida muzokaralar o'tkazayotganini tasdiqladi.
"Biz hujum chizig'ini kuchaytirmoqchimiz. Hozirda Belotti, Obameyang va Morata transferlari borasida muzokaralar o'tkazilmoqda." - deydi Fassone.
Eslatib o'tamiz, "Madrid" "Manchester Yunayted"ga Moratani 80 mln yevroga sotmagan edi. Xitoyliklar esa "rossanerri"larni kuchaytirish uchun transferlarda yana 100 mln yevro sarflashni rejalashtirmoqda.