Madridning “Real” klubi “Renn” yarim himoyachisi Eduardo Kamavingani yozda xarid qimoqchi. Avvalroq, futbolchining transfer narxi 100 million evroga baholangan edi.
ABC nashrining yozishicha, “qaymoqranglilar” krizis tufayli 17 yoshli futbolchiga bunaqa katta summa to'lamoqchi emas. Madridliklar Kamavinga uchun 45 million evrodan ko'p sarflamoqchi emas.
Eslatib o'tamiz, uning xizmatiga Evropaning bir nechta top klublari qiziqish bildirmoqda. Transfermarkt portalida uning narxi 37,5 million evro etib belgilangan.