Aleks Fergyusoning “Manchester Yunayted”dagi yordamchisi Mayk Felan Ronlduning “qizil iblislar” safiga kelib qo'shilgan yillarini yodga oldi.
"U shimgich kabi edi. Ronaldu mashg'ulotlardan keyin ham qolib ko'prog'ini xohlardi. Biz uni jamoaviy o'yinchiga aylantirishimiz kerak edi. Asta-asta sekin u o'zgardi.
“Real”ga o'tgacha men unda “MYu”da o'rgangan ba'zi narsalarini seza boshladim. Men hozirgi Ronalduni yaratganman demoqchimasman. Ko'pchilik unga ta'sir o'tkazdi, biroq eng katta ta'sirni uning o'zi o'tkazdi”, -deydi Mayk.