Madrid klubining asosiy maqsadi hali ham "Borussiya" (Dortmund) hujumchisi Erling Xoland bo'lib turibdi.
Ispanlarning zaxira varianti esa "Tottenxem" forvardi Xarri Keyn hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, 19 yoshli Xoland "Borussiya"ga 2020 yilning qishida o'tgan edi. Norvegiyalik futbolchi Germaniya Bundesligasida 8ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 2ta assistga erishgan.
Keyn esa yanvardan beri jarohati tufayli "Tottenxem"da o'ynamadi. 26 yoshli angliyalik joriy mavsum 25ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol urishga erishdi.