“Manchster Yunayted” 2013 yili EChL 1/8 final bosqichida “Real Madrid” bilan to'qnash kelgan edi. O'shanda Madriddagi birinchi o'yin 1:1 hisobida yakunlangandi. “Qizil iblislar” himoyachisi Jons o'sha o'yinlarni eslab o'tdi.
“Real”ga qarshi o'yin men uchun katta dars bo'lgan. Keyin Ronaldu haqida o'sha vaqtlarda katta shov shuvlar bor edi. Men markazda Maykl Karrik bilan birga o'ynaganman. Biz Ronalduni to'xtatganmiz va yaxshi natijaga erishganmiz – 1:1.
Ertasi kuni do'stlarim Ronalduga qarshi o'yinimdan hayron bo'lishgan, biroq men buni majburiyatim deb tushunganman. Vaqt o'tishi bilan siz “Ana shu voqea edi”, deb tushunasiz”, -deydi Jons.