Koronavirus pandemiyasi Evropa klublarining rejalarini barbod qilishda davom etmoqda. Har yili yozda o'tkaziladigan o'rtoqlik o'yinlari maqomidagi Xalqaro chempionlar kubogi musobaqasi ham "qurbon" berildi.
Mavsumlar oralig'idagi ushbu turnir orqali klublar yaxshigina pul ham ishlab olishar edi. Jumladan, "Barselona" va "Real" klublari kelayotgan yozda 18 million evrodan olishi kutilgan edi. Ular Las-Vegas shahrida "el-klasiko"da maydonga tushishlari kerak edi.