"Leganes" sport-direktori Tchema Indias AS nashriga bergan intervyusida "Madrid" hujumchisi Borxa Mayoralni ijaraga olmoqchi ekanligini aytib o'tadi.
"Hozircha biz vaziyatni kuzatmoqdamiz, "Madrid" hali Mayoral borasida qaror qabul qiladi. Agar ular Borxani qo'yib yubormoqchi bo'lsa, biz bunda favoritmiz. Umid qilaman, biz Mayoralni qo'lga kiritamiz." - deydi Indias.
Eslatb o'tamiz, Mayoral o'tgan mavsumda "Wolfsburg" tarkibida 19 ta o'yinda maydonga tushib (3 ta asosiy) 2 marta raqiblar darvozasini ishg'ol etgan.