“Ronaldu barchadan ajralib turardi. U MYU murabbiylardan ko'proq maslahatlar olishga intilardi. O'ziga o'zi talabchan edi.
Biz Krishtianuni jamoviy o'yinga moslashtirishimiz shart edi. Amalda shunday bo'ldi ham. Mashg'ulotlarda shunday holatlar ham bo'lardiki, u buni amalga oshirishni istamasdi. Biroq biz shu ishni qilishga majburlardik.
MYUdagi muvaffaqiyatili o'yinlaridan keyin u “Real”ga o'tdi. Men uning Madrid klubi safidagi o'yinlarini ko'rib turib, bir qator jihatlarga etibor berdim. U bu ishni aynan MYUda o'rgangandi. MYU mashg'ulotlarida berilgan topshiriqlarni u “Real” safida amalga oshira boshlagandi. Buni kuzatish judayam yoqimli edi.
Biz Krishtianu Ronalduni kashf qildik, deyishdan yiroqman. Uning yulduz bo'lib porlashiga ko'pchilik sababchi bo'lgan. Ammo uning o'zi birinchi navbatda buni judayam xohlagan. Krishtianuning ishtiyoqi judayam yuqori edi”, dedi Felan.
57 yoshli mutaxassis 2001-2013 yillarda ser Aleks Fergyusonning murabbiylar shtabida faoliyat yuritgan.