“RB Leyptsig” hujumchisi Timo Vernerni tarkibda saqlab qolmoqchi. “Buqalar” Timoni olib qolish uchun barcha sa'y-harakatlarni amalga oshirishga tayyor.
“Leyptsig” prezidenti Oliver Minttslaffning fikricha, u Vernerni qadrlaydi va uni saqlab qolish uchun barcha ishni qilishga tayyor. Uning jamoasi bilan shartnomasi 2023 yilgacha mo'ljallangan.
Eslatib o'tamiz, hujumchiga “Liverpul” va “Real” klublari asosiy da'vogar bo'lib turibdi.