“Yuventus” koronavirus tufayli yuzaga kelgan krizis sababli Krishtianu Ronaldu borasidagi takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Keling barchasini bo'laklarga bo'lib chiqamiz...
Mish-mishlar
Koronavirus pandemiyasi Italiyaga katta zarar etkazdi.
Ronalduning maoshini qisqatirilishi uni jamoada saqlab qolish uchun variatlardan biri bo'lib turibdi.
Boshqa variant esa uni sotib yuborish.
Iqtiboslar
Ronalduning portugaliyalik hamyurti Joze Fonte talkSPORT nashriga bergan intervyusida: “Men bilaman, u aniq Madridni yaxshi ko'radi. Krishtianu klubni yoqtirishi aniq, bu dunyoning eng yaxshi jamoalaridan biri, agar eng yaxshisi bo'lmasa. U erda uning ko'plab do'stlari qoldi, va Ronni eshiklarni ochiq qoldirgan. Shu sababli, u “Real”ga qaytsa, hayron bo'lmayman.
La Liga prezidenti Xaver Tebas: “Ronaldu yo'q bo'lsa, La Liga ko'p pul yo'qotadi deyishgandi, biroq biz ko'p pul topdik. Futbolchilar yordam beradi, ammo ular chempionat uchun juda muhim emas”.
Asosiy faktorlar
Ular ikkita: Ronalduning o'zi va Florentino Peres.
U uchun taxminan 70-80 million dollar sarf etish kerak. Peres buni to'lashga tayyormi?
Faktlar
Faqat bitta fakt bor – Ronaldu mavsum so'nggiga qadar “Yuventus” futbolchisi bo'lib qolmoqda. U qaytadimi? Keling, kutamiz nima bo'larkin.