Madridning “Real” klubiga yuqori maosh oladigan futbolchilar kerak emas.
Dastlab “Real” yarim himoyachi Gareta Beyl bilan xayrlashmoqchi. Krizis davrda uelslik futbolchini sotish muammo bo'ladi.
L’Eqiupe nashrining xabariga ko'ra, “qirollik klubi” Beylni “Tottenxem” hujumchisi Xarri Keynga yoki “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogbaga alishtirmoqchi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Beyl “Real”da qolish uchun bosh murabbiy Zinedin Zidan bilan yarashishga ham tayyor ekanligi to'g'risida xabarlar tarqalgandi.