Xabaringiz bor, Tibo Kurtua "Real"ga o'tganidan keyin jamoaga moslashib ketishi qiyin bo'ldi. Faqatgina ikkinchi mavsumning o'rtasiga kelib belgiyalik posbon ishonchli oqlay boshladi. Bunda "Qirollik klubi" bosh murabbiyi Zayniddin Zidanning sabrini ta'kidlash lozim.
1) Tibo Kurtua "Santyago Bernabeu"dagi ilk mavsumda Keylor Navas bilan raqobatga duch keldi va og'ir mavsumni o'tkazdi.
2) Navas yozda jamoani tark etganidan keyin keyin Kurtua asosiy tarkibning qonuniy egasiga aylandi.
3) Shunga qaramay, belgiyalik posbon ikkinchi mavsumni juda sust boshladi. U barcha musobaqalar doirasida 11ta o'yinda 16ta to'p o'tkazib yubordi.
4) Ayniqsa, oktyabr oyida "Bernabeu"da bo'lib o'tgan o'tgan «Bryugge»ga qarshi o'yinda qo'pol xatolar tufayli muxlislar unga nisbatan hushtakbozlik qilishdi.
5) 27 yoshli o'yinchi faqatgina 2019 yilning noyabr oyiga kelib o'z formasini tiklay boshladi.
6) Kurtua La liganing ushbu mavsumida bor-yo'g'i 16ta gol o'tkazib yubordi. Bu esa Evropaning top-5 chempionatlarida ikkinchi natija hisobladi (Alisson 11ta gol o'tkazgan).