"Men qasondir "Real"ga qaytishni xohlayman. Uni o'z uyim deb hisoblayman, garchi 5 yildan beri u erda bo'lmasamda. Bir kun kelib qaytishimga aminman", - deya Kasilyasning so'zlarini keltirdi "Mundo Deportivo" nashri.
Kasilyas Madrid klubi safida 5 marotaba Ispaniya chempionatini, 2 bor Ispaniya kubogini, 4 marta mamlakat Superkubogini qo'lga kiritgan. Xalqaro maydonda esa 3 bor ECHL, 2 marta UEFA Superkubogini va 1 marotabadan Qitalararo kubok hamda klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida zafar quchgan.Iker 2015 yildan buyon "Portu" sharafini himoya qilmoqda. 2019 yilning bahorida Kasilyas infarktni boshidan o'tkazdi. U mashg'ulot paytida o'zini yomon his qildi. Uni zudlik bilan shahar shifoxonalaridan biriga olib borishdi, keyinroq esa operaciya qilingan.
Iker va Sara o'rtasidagi muhabbat: Qizni o'tkazib yuborilgan golda ayblashgan, JCHda xatto qirol ularga qarsak chaldi