Corriere dello Sport nashrining yozishicha, "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduning narxini belgiladi. Turinliklar Ronalduni 50 million funtga to'lashga tayyor.
Manbaning xabariga ko'ra, Ronalduning 30 million evrodan ziyod maoshi turinliklarga ko'plik qilmoqda. Koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan moliyaviy inqiroz sababli "keksa sinoralar" Krishtianuni arzonroqqa sotishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, Ronalduning "Yuve" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilgacha mo'ljallangan. Avvalroq, u mavsum so'nggiga qadar maoshidan voz kechgan edi.